Bahodir Jalolov 14-noyabr kuni «Humo Arena»da navbatdagi jangini oʻtkazadi

13-oktabr 2025 16:48 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: IBA

O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov 14-noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida ringga koʻtariladi.

Manbada ta’kidlanishicha, hozircha Jalolovning raqibi kim boʻlishi noma’lum. Shuningdek, mazkur oqshomda bir qator taniqli oʻzbekistonlik bokschilar ham ishtirok etadi. Jumladan, Shahram Gʻiyosov, Lazizbek Mullajonov, A’loxon Abdullayev, Ozodbek Aliyev va Suhrob Qayumov ringga chiqishadi.

Kechaning asosiy jangida Mullajonov qatnashib, u WBC kamari uchun bahs olib borishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov soʻnggi jangini 6-oktabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib oʻtgan «IBA Pro 10» turnirida mahalliy bokschi Vitaliy Kuduxovni hakamlar qaroriga koʻra magʻlub etgan edi.

Ma’lumot uchun, Jalolov professional boksda 16 ta jang oʻtkazib, ulardan 14 tasida raqiblarini muddatidan avval magʻlub etgan bo‘lsa, ikkitasida ochkolar hisobida gʻalaba qozongan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lazizbek Mullajonov WBC kamari uchun ringga chiqishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek