Yangilangan Chevrolet Damas va Cobalt, Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasida rasmiylashtirilgan 100-nikoh — 13-oktabrning muhim hodisalari

eʼlon qilindi
Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Yangilangan Chevrolet Damas va Cobalt, Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasida rasmiylashtirilgan 100-nikoh — 13-oktabrning muhim hodisalari Kursiv Uzbekistan materialida.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimining o‘rinbosari pora ustida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

U mansab vakolatidan foydalanib, tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yidagi 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga o‘tkazish evaziga hosil bo‘ladigan 60 sotix yer maydonidan 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratib berishni va hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilgan. Buning evaziga u fuqaro­dan $15 ming talab qilib, avval $200 olgan.

O‘zbekiston Misrdagi qatarlik diplomatlar halok bo‘lgan avariya yuzasidan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston TIV Misrda qatarlik diplomatlar ishtirokidagi YTH munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Foto: Aa.com

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Misrda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qatar amiri devoni xodimlaridan uch nafari halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

UzAuto Motors yangi Damas va Cobalt modifikatsiyalarini taqdim etadi

Yangi Chevrolet Damas va Cobalt
Rasm SI

«UzAuto Motors» AJ kompaniyasi yangi Chevrolet Damas va Cobalt modifikatsiyalarini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Xorazm Avto» korxonasida yangi modellarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish rejalashtirilgan. Yangi quvvatlar asosida kichik biznes va xususiy mijozlar uchun Damas minivenining yangi avlodi ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston pavilyoni Osaka EXPO – 2025 ko‘rgazmasida oltin medalga sazovor bo‘ldi

ЭКСПО в Осаке
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Osaka shahrida tashkil etilgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyoni «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medal bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasida 100-nikoh rasmiylashtirildi

Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasida 100-nikoh rasmiylashtirildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston elchixonasi 2025-yil davomida o‘z konsullik bo‘limida yuzta nikohni rasmiylashtirdi. Joriy yilning 10-oktabr kuni O‘zbekiston fuqarolari Elyor Nurdinov va Nilufarxon Nuriddinova o‘rtasida elchixonadagi 100-nikoh qayd etildi.

Toshkentda yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Transport vazirligi

Toshkent viloyati hududlarini poytaxt bilan bog‘lash ishlarini davom ettirish maqsadida yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ushbu yo‘nalishdagi avtobuslar «O‘zbekiston mehmonxonasi» bekatidan «Yangi Toshkent» bekatigacha harakatlanadi. Unda 9,5 metrli, o‘rta sig‘imli sakkizta zamonaviy Yutong avtobuslari soat 05:30 dan 22:50 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Toshkent metrosining «Yerusti halqa yoʻli» 1-noyabrda ishga tushadi

Foto: Transport vazirligi

Toshkent metropolitenining taʼmirlash ishlari sababli yopilgan «Yerusti halqa yoʻli» yoʻnalishi 1-noyabrdan boshlab yana yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlashi kutilmoqda. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Iqtisodiyot bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Foto: Ochiq manba

Iqtisodiyot bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchi Joel Mokyer, fransuz olimi Filippe Agion va kanadalik Peter Hovitga berildi. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilindi.

UzPost infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun investor izlayotganini maʼlum qildi

UzPost
Foto: UzPost

Milliy pochta operatori «Oʻzbekiston pochtasi» aksiyalarining xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Kompaniya rasmiy bayonotida aytilishicha, hozirda asosiy eʼtibor infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistika tizimini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan.

14-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

dollar
Foto: Depositphotos

14-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 149,55 so‘m (+8,64 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 34,30 so‘mga tushib, 14 087,40 so‘mni, rubl esa 1,03 so‘mga oshib, 150,44 so‘mni tashkil qildi.

Ijtimoiy kartalar orqali to‘langan xaridlar uchun QQS avtomatik qaytarilmoqda

Rasm SI yordamida yaratilgan

1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida ijtimoiy kartalar orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini (QQS) avtomatik qaytarish tizimi ishga tushdi.

Ilgari buning uchun xaridorlar QR-kodni skanerlashi kerak edi. Endi esa tizim avtomatik tarzda ishlaydi.

Shuningdek