Uzum UzPost uchun sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi

eʼlon qilindi
Kompaniya 2026-yilgacha pochta orqali yetkaziladigan buyurtmalar ulushini esa 10 foizgacha ko‘tarishni rejalashtirmoqda
UzPost
Uzum UzPost uchun sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi. Foto: UzPost

Uzum kompaniyasi «O‘zbekiston pochtasi» AJ bilan hamkorlikni kengaytirib, uning infratuzilmasini modernizatsiya qilishga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu orqali mamlakat aholisi, jumladan, chekka hududlardagi fuqarolar ham onlayn buyurtmalarni qulay tarzda amalga oshira oladi.

Uzum Market hozirgacha 650 dan ortiq buyurtma topshirish punktlarini ochgan va «O‘zbekiston pochtasi»ning IT hamda logistika tizimlarini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Kompaniya 2026-yilgacha buyurtma topshirish punktlari sonini 1000 dan oshirishni, pochta orqali yetkaziladigan buyurtmalar ulushini esa 10 foizgacha ko‘tarishni rejalashtirmoqda.

«Kelgusi 3-4 yil ichida biz mamlakatga $1,5 milliarddan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqdamiz va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, «O‘zbekiston pochtasi» AJ bilan hamkorlikda amalga oshirish ustuvor vazifalarimizdan biridir», — deydi bosh direktori Djasur Djumayev.

Avvalroq «O‘zbekiston pochtasi» infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun investorlar izlayotganini bildirgan edi.

Kompaniya rahbariyatining ta’kidlashicha, yangi investitsiyalar xizmatlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshlikni oshirish va chekka hududlarda yangi pochta markazlarini tashkil etishga xizmat qiladi.

Shuningdek