Toshkent va Farg‘onada aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

Bekobod shahrida DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
U Bekobod shahri 14-dahasidagi uyida umumiy qiymati 154,8 mln so‘mlik aksiz markasiz 6,7 ming quti tamaki va 236 quti elektron tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bir fuqaro va uning sheriklari fuqaroga xorijda ishlab chiqarilgan, sifati va kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarsiz besh ming quti aksiz markasiz tamakini 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 186-1-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgan edi.