TBC Uzbekistan O‘zbekiston iqtisodiyotiga $460 mlndan ortiq sarmoya kiritdi

eʼlon qilindi
So‘nggi besh yil ichida
TBC Uzbekistan besh yillik faoliyatini sarhisob qildi / Foto: TBC Uzbekistan

TBC Uzbekistan 2019-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida mamlakatdagi yetakchi raqamli moliya ekotizimlaridan biriga aylandi. Bu haqda TBC vakillari Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

2020-yilda TBC Bank ishga tushirilganidan so‘ng kompaniya faoliyatini kengaytirib, TBC Nasiya, TBC Sug‘urta va BILLZ xizmatlarini o‘z ichiga olgan yagona ekotizimni shakllantirdi.

So‘nggi besh yil davomida TBC Uzbekistan O‘zbekiston iqtisodiyotiga $460 mlndan ortiq sarmoya kiritdi. 2025-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, kompaniya xizmatlaridan 21 mlndan ortiq foydalanuvchi foydalanmoqda. Shu davrda mijozlar tomonidan 2,3 mln omonat hisobraqami ochilib, jami $2,9 mlrd miqdorida mablag‘ jamg‘arilgan.

2024-yilda TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan TBC Business raqamli platformasini taqdim etdi. Shuningdek, 2025-yilda TBC Sug‘urta o‘z faoliyatini boshladi va qisqa muddatda 145 mingdan ortiq sug‘urta polisi rasmiylashtirdi.

Kompaniya raqamli texnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishida ham faol ish olib bormoqda. 2024-yildan buyon sun’iy intellekt sohasiga $15 mln investitsiya kiritilib, nutqni tanish va sintez qilish hamda bank xizmatlariga moslashtirilgan til modeli joriy etildi. Ushbu yechimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda TBC Uzbekistan jamoasi 4 mingdan ortiq mutaxassisdan iborat. Kompaniya O‘zbekistonning raqamli moliya bozorini rivojlantirish, iqtisodiyotga sarmoya kiritish va innovatsion yechimlarni joriy etish orqali mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TBC Bank endilikda chet el fuqarolariga ham xizmat ko‘rsatishi haqida yozgan edik.

Shuningdek