O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 8,3 mln so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi
Xususan, 5 grammli quyma 8,103 mln so‘mdan 8,314 mln so‘mga oshdi
O‘zbekistonda oltin quymalar, jahon bozorida esa oltin narxi rekord yangiladi. Foto WGC / belchonock / depositphotos.com

14-oktabr kuni oltin quymalar narxi rekordni yana bir bor yangiladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Regulyator xabariga ko‘ra, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 5 grammli quyma 8,103 mln so‘mdan 8,314 mln so‘mga, 10 grammli quyma 16,207 mln so‘mdan 16,628 mln so‘mga, 20 grammli quyma 32,414 mln so‘mdan 33,255 mln so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek, 50 grammli quyma 83,138 mln so‘m, 100 grammli esa 166,276 mln so‘mni tashkil etdi.

Jahon bozorida ham oltin narxi bir troya unsiyasi uchun $4,1 mingdan oshdi. Xususan, 14-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:34 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $4162,81 ga yetdi.

Avvalroq 2025-yil sentabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $4,9 milliardga oshib, rekord darajadagi $55 milliardga yetgani haqida xabar berilgandi. Shundan $44 milliarddan ortig‘i oltin zaxirasiga to‘g‘ri keladi — bu ko‘rsatkich ketma-ket uchinchi oy davomida eng yuqori darajani yangiladi. Valyuta zaxiralari ham oshib, $10,2 milliardga oshdi.

Oltin zaxirasi qiymatining oshishiga asosan jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, chet eldagi banklardagi mablag‘lar va Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar hajmi ham biroz oshgan. Mamlakat oltin-valyuta zaxiralarida aksiya va obligatsiyalarning ulushi atigi 1,85 foizni tashkil etadi.

Shuningdek