O‘zbekiston uzum eksportini 1,6 baravarga oshirdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston 19 ta davlatga qiymati $78,3 millionga teng uzum eksport qilgan
uzum
O‘zbekiston uzum eksportini 1,6 barobarga oshirdi. Foto: ijtimoiy tarmoq

2025-yilning yanvar – avgust oylarida O‘zbekiston 19 ta davlatga qiymati $78,3 millionga teng bo‘lgan 86,2 ming tonna yangi uzum eksport qilgan. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33,6 ming tonna yoki 64 foizga ko‘p.

O‘tgan davr mobaynida eng ko‘p uzum Rossiya (63,4 ming tonna), Qozog‘iston (15,2 ming tonna), Qirg‘iziston (4,5 ming tonna), Belarus (2,8 ming tonna) va Ukraina (101,3 tonna) davlatlariga eksport qilingan.

Avvalroq Rossiyaning «Rosselxoznadzor» agentligi Krasnodar aeroportida O‘zbekistondan olib kelingan 20,7 tonna uzum partiyasini qabul qilishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Bunga uzum orasida Rossiyada taqiqlangan parazit o‘simlik, ya’ni povilika topilgani sabab bo‘lgan.

Agentlikning 6-oktabr kuni bergan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Kuban poytaxtiga kirib kelgan uzum namunalarida parazit o‘simlikning tirik holatda mavjudligi laboratoriya tekshiruvi orqali tasdiqlangan. Natijada butun uzum partiyasi O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan.

Shuningdek