Turkiyada o‘zbekistonliklarning ishlash tartibi soddalashtirildi

eʼlon qilindi
Turkiyada ishlash istagidagi shaxslar bir qator shartlarga javob berishi kerak
Turkiya bayrog'i
Foto: Property Turkey

Turkiyada o‘zbekistonliklar va boshqa turkiy millat vakillarining ishlash tartibi soddalashtirildi. Bu o‘zgarish «Turkiy millatlar vakillarining Turkiyada kasb va san’atlarini erkin bajarishi hamda davlat yoki xususiy tashkilotlarda ishlashi to‘g‘risidagi qonun»ni qo‘llashga oid nizomga kiritilgan.

Yangi tartib nimani o‘zgartirdi?

10-oktabr 2025-yilda «Rasme gazet»da e’lon qilingan yangi qarorga ko‘ra, endilikda har bir turkiy millat vakili murakkab ruxsatnomasiz Turkiyada faoliyat yuritishi mumkin.

Shuningdek, qaysi turk millatlari bu qonun doirasida tan olinishi endilikda Turkiya prezidenti qarori bilan belgilanadi. Ya’ni bu maqom avvalgidek umumiy etnik asosda emas, balki siyosiy qaror asosida aniqlanadi.

Ishlash uchun qo‘yilgan asosiy shartlar

Yangi tartibga binoan, Turkiyada ishlash istagidagi shaxslar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:

  • Turkiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan yashash ruxsatnomasi olgan bo‘lishi;
  • O‘z kasbiga doir malaka yoki diplomni tan oldirgan bo‘lishi;
  • Xavfsizlik nuqtai nazaridan hech qanday to‘siq bo‘lmasligi;
  • Turkiy millatlardan biriga mansub bo‘lishi (prezident qarori bilan belgilanadi);
  • O‘z mamlakatida kasbini bajarish imkoniga ega bo‘lmagan bo‘lishi;
  • O‘z davlatining asosiy aholisi bilan madaniy yoki etnik jihatdan farq qiluvchi jihati bo‘lishi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan bloger Jasmin Istanbulda hibsga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek