G‘azoni tiklash uchun $70 milliard kerak — BMT

BMT Taraqqiyot dasturi vakili Jako Sillersning ma’lum qilishicha, Yevropa va arab mamlakatlari, shuningdek, Kanada hamda AQSh G‘azoni qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan $70 mlrdlik mablag‘ni ajratishga tayyor. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil davom etgan urush natijasida G‘azada 55 mln tonna vayrona hosil bo‘lgan.
Sillersning aytishicha, Isroilning Hamasga qarshi urushi natijasida G‘azo shahrining 80 foizdan ortiq qismi vayron bo‘lgan va hududning to‘liq tiklanishi o‘nlab yillar davom etadi.
«Biz Yevropa davlatlari va Kanadadan ijobiy javob oldik. AQSh bilan ham yordam masalasida muzokaralar ketmoqda», — dedi u BMT matbuot anjumanida.
O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga binoan, falastinliklar vayron bo‘lgan uylariga qayta boshlashgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo shahridagi binolarning 83 foizi zarar ko‘rgan, umumiy halok bo‘lganlar soni esa 68 ming kishidan oshgan.
UNDP hozirgacha 81 ming tonna vayronani tozalagan va ishlar davom etmoqda. Isroil armiyasi 2023-yil 7-oktabrda HAMAS tomonidan uyushtirilgan hujumga javoban harbiy operatsiyalarni boshlagan edi.
Hozirda xalqaro hamjamiyat G‘azoni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirmoqda. BMT vakillari bu jarayon uzoq davom etishini, ammo mintaqaga barqarorlik keltirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya G‘azoga $27 millionlik gumanitar yordam ajratishi haqida xabar bergan edik.