QazCem rahbari: O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «maxfiy buyrug‘i» Qozog‘iston sementi yetkazib berilishiga zarba berdi

eʼlon qilindi
Go‘yoki Toshkent Qozog‘iston sementini har tonnasini 300 dollardan deklaratsiya qilishni majburiy qilgan
цемент
QazCem rahbari: O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «maxfiy buyrug‘i» Qozog‘iston sementi yetkazib berilishiga zarba berdi / Foto: Gectaro

Qozog‘iston sement va beton ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi («QazCem») rahbari Yerbol Aqimbayev Forbes Kazakhstan nashriga bergan intervyusida aytishicha, go‘yoki O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi joriy yilning iyul oyida maxfiy buyruq qabul qilgan. Bu hujjat Qozog‘istondan O‘zbekistonga sement yetkazib berish hajmining keskin kamayishiga sabab bo‘lgan.

«Hujjatda Qozog‘istondan O‘zbekistonga keltirilayotgan sement narxi 300 dollardan kam bo‘lmasligi belgilangan, holbuki biz uni $30 ga yetkazib beramiz», — deydi Aqimbayev.

Uning ta’kidlashicha, bu hujjat Qozog‘iston sementini aynan $300 lik qiymatda deklaratsiya qilish va shu asosda soliq to‘lashni majburiy etgan. Natijada, 2025-yil avgust oyida O‘zbekistonga sement importi so‘nggi yetti yil ichida ilk bor nol darajaga tushgan.

«Bu narxda sementni hech kim sotib olmaydi. Agar O‘zbekiston shunday yo‘l tutayotgan bo‘lsa, Qozog‘iston ham o‘z navbatida o‘xshash chora ko‘rish huquqiga ega», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat ochiq manbalarda topilmagan, biroq u O‘zbekiston chegarasidagi bojxona xodimi ko‘rsatgan suratga tayanmoqda.

Aqimbayev, shuningdek, bu masala hozirda tarmoq idoralari bilan muhokama qilinayotganini bildirdi. Agar Qozog‘iston hukumati javob choralarini ko‘rsa, bu O‘zbekistondan import hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin.

QazCem rahbari fikricha, Qozog‘iston uzoq yillar davomida O‘zbekistonga sement yetkazib beruvchi asosiy hamkor bo‘lgan, biroq O‘zbekiston ichki ortiqcha ishlab chiqarish tufayli bozori himoyasini «har qanday yo‘l bilan» kuchaytirishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qambarota GES-1 qurilishiga YTTB va Yevropa investitsiya banki mablag‘ ajratishi haqida yozgan edik.

Shuningdek