Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishini boshlab berdi

eʼlon qilindi
Loyihaning umumiy iqtisodiy samarasidan $27 mlrddan ortiq daromad kutilmoqda
Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishini boshlab berdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida barpo etiladigan yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishdi va qurilish boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Toshkent megapolisga aylanishi bilan sayyohlar, investorlar va tadbirkorlar oqimi keskin oshdi. So‘nggi yillarda xorijiy sayyohlar soni 3 mlndan 10 mlnga yetdi, 2030-yilgacha esa 15 mlnga chiqishi kutilmoqda. Shu bois transport infratuzilmasini, xususan, aviatsiya sohasini jadal rivojlantirish zarurati tug‘ildi.

Foto: President.uz

Yangi aeroport O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridagi 1,3 ming gektar maydonda quriladi. Loyiha Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Koreya kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro konsorsium tomonidan amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda $2,5 mlrd evaziga aerovokzal va aerodrom barpo etiladi.

Foto: President.uz

Aeroport yiliga 20 mln yo‘lovchi va 129 ming tonna yukni qabul qila oladi. 62 ta samolyot uchun joy, 14 ta teleskopik trap va soatiga 30 ta uchish-qo‘nish operatsiyasini bajarish imkoniyati yaratiladi. Loyiha xalqaro xavfsizlik va «yashil standart» talablariga to‘liq javob beradi.

Foto: President.uz

Yangi aeroport multimodal transport tizimi bilan bog‘lanib, poytaxtni Yangi Toshkent markazi, tezyurar temir yo‘l va pullik avtomobil yo‘llari bilan tutashtiradi. Loyihaning umumiy iqtisodiy samarasidan $27 mlrddan ortiq daromad kutilmoqda.

Foto: President.uz

Mirziyoyev marosimda xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirib, yangi aeroport poydevoriga ramziy kapsula joylashtirdi. Shu tariqa Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi rasman boshlandi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident sholichilik klasteri faoliyati bilan tanishgan edi.

Shuningdek