Pokiston va Afg‘oniston 48 soatlik sulhga kelishdi

eʼlon qilindi
Pokiston TIV sulh Afg‘oniston iltimosiga binoan e’lon qilinganini aytdi
Pokiston va Afg‘oniston 48 soatlik sulhga kelishib oldi / Foto: Reuters agentligi

Pokiston va Afg‘oniston chegarasida so‘nggi kunlarda kuchaygan janglar va aviazarbalar ortidan ikki davlat 48 soatlik vaqtinchalik sulhga kelishdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, to‘qnashuvlar natijasida 12 dan ortiq afg‘on fuqarosi halok bo‘lgan, 100 kishi jarohat olgan. Pokiston esa to‘qnashuvlarda 4 nafar fuqaro yaralanganini bildirdi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi sulh Afg‘oniston tomonining iltimosiga binoan e’lon qilinganini ma’lum qildi. Biroq Tolibon bu qaror Pokistonning o‘zi so‘raganini ta’kidladi.

Chegaradagi janglar Afg‘onistonda joylashgan jangarilar Pokistonga hujum qilayotgani haqidagi Islomobodning da’volaridan so‘ng avj olgan. Tolibon bu ayblovni rad etib, Pokistonni Afg‘oniston barqarorligiga putur yetkazayotganlikda aybladi.

To‘qnashuvlar natijasida asosiy chegara o‘tish joylari yopildi, savdo to‘xtab qoldi. Xitoy, Rossiya va AQSh esa ikki qo‘shni davlatni zudlik bilan tinchlikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvda 12 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek