Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kasallikka chalindi

eʼlon qilindi
Shifokor tavsiyasi asosida Netanyaxu kunni uyda dam olish bilan o‘tkazadi
Binyamin Netanyaxu
Binyamin Netanyaxu / Foto: PBS

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bronxit tashxisi qo‘yilgani sababli bugungi kun uchun belgilangan barcha uchrashuvlarini bekor qildi. Bu haqda bosh vazir idorasi ma’lum qilgan.

Netanyaxu Tel-Aviv tuman sudi majlisida so‘roq paytida o‘zini yomon his qilgani, yo‘tal va shamollash belgilari haqida shikoyat qilgani aytilgan. Shundan so‘ng sudyalar uning so‘roviga binoan majlisni keyinga qoldirishga rozilik bildirgan.

Bosh vazir idorasi xabariga ko‘ra, shifokor tavsiyasi asosida Netanyaxu kunni uyda dam olish bilan o‘tkazadi. Shifoxona esa uning infeksion kasallik bilan og‘rimagani, ya’ni atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmasligini tasdiqladi.

Sud majlisi soat 16:30 da yakunlanishi kerak edi, biroq Netanyaxu o‘zining faqat qisqa vaqt davomida ko‘rsatma berishini so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Netanyaxu Dohadagi hujum uchun Qatardan uzr so‘ragani haqida yozgan edi.

Shuningdek