Volgogradda O‘zbekistondan kelgan avtomobil og‘ir avariyaga uchradi

eʼlon qilindi
Xorazm viloyati davlat raqamiga ega bo‘lgan Dongfeng kross-overi FAW yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Foto: VK.ru

Rossiyaning Volgograd shahrida 16-oktabr kuni kechqurun og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda VK.ru nashri ma’lum qildi.

Xorazm viloyati davlat raqamiga ega bo‘lgan Dongfeng krossoveri FAW yuk mashinasi bilan to‘qnashdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avariya Krasnooktyabr tumani hududida, Yangi qabriston yaqinida sodir bo‘lgan. Videokadrlarda FAW yuk mashinasi yo‘l markaziga qiya holatda turgani, Dongfeng esa ustun atrofida ezilib qolgan holda ko‘rinadi. Asosiy zarba avtomobilning chap tomoniga to‘g‘ri kelgan.

Volgograd viloyati IIB boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa soat 13:30 atrofida Mendeleyev ko‘chasidagi 254B-uy qarshisida yuz bergan. To‘qnashuv natijasida Dongfeng haydovchisi va ikki yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilgan.

Hududda yo‘l patrul xizmati va tergov guruhi ishlamoqda. Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qilishicha, uch kishi 25-sonli shifoxonaga olib borilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir, uchinchi jabrlanuvchining holati aniqlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi SU7 bilan bog‘liq avariya kompaniya aksiyalarini 8,7 foizga pasaytirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek