
Vivo o‘zining yangi flagman modeli X300 Pro smartfonini taqdim etgan edi. Kursiv Uzbekistan Gizmochina nashriga tayanib, qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.
U «Pro» seriyasini «Ultra» darajasiga yaqinlashtirib, yuqori sinf xususiyatlarini qulayroq narxda taklif etadi.

Kuchli kamera tizimi
Vivo X300 Pro kamerasi bilan ajralib turadi. Qurilmada 200 MP’lik Samsung HPB telefoto sensori va 3,7x optik zoom mavjud. Asosiy kamera — Sony LYT-828, diafragma f/1.6, past yorug‘likda ham yuqori sifatli surat olish imkonini beradi. Ultrakeng kamera 50 MP bo‘lib, 4K video, autofokus va makro rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha kameralarda Dolby Vision HDR va 8K video yozish mavjud.
Telefoto kengaytirgich bilan moslik
Vivo X300 Pro kompaniyaning maxsus 2,35x optik telefoto kengaytirgichini qo‘llaydi. Bu qurilmani haqiqiy kompak kamera darajasiga olib chiqadi. Aksessuar alohida sotiladi. Narxi $180 atrofida, yoki qo‘shimcha batareya va ushlagichli «Photography Kit» to‘plamida taklif etiladi.

Flagman darajadagi unumdorlik
Smartfon MediaTek Dimensity 9500 protsessorida ishlaydi. 3 nm texnologiyada ishlab chiqilgan chip Snapdragon 8 Gen 5 bilan raqobatlasha oladi. Qurilma 16 GB RAM va 1 TB UFS 4.1 xotiraga ega. 6510 mA/soatli silikon-karbon batareya 90 Vt simli va 40 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llaydi.

Apple ekotizimi bilan integratsiya
Vivo X300 Pro birinchi Android smartfon sifatida Apple qurilmalari bilan to‘liq moslikni taqdim etdi. U iPhone’dagi fotosuratlarni ko‘rish, fayl almashish va hatto Apple Watch bilan sinxronlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, foydalanuvchi AirPods’ni kuzatishi, Mac’da kengaytirilgan displey sifatida ishlatishi ham mumkin.

Dizayn va displey
Smartfon 6,78 dyuymli LTPO AMOLED ekranga ega, 120 Hz yangilanish tezligi, HDR10+ va Dolby Vision bilan jihozlangan. Ekran yorqinligi 4500 nitgacha chiqadi, past miltillovchi 2160 Hz PWM texnologiyasiga ega. Korpus IP68 va IP69 himoyasiga ega bo‘lib, suv va bosimli oqimga bardosh bera oladi.
Smartfon Xitoyda ¥5 299 (≈$745) narxda sotuvga chiqmoqda. Oddiy X300 modeli esa ¥4 399 (≈$620) turadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo X300 smartfoni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.