Har bir hududda «Kasaba uyushmalari bog‘lari» tashkil etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hokimlar bu bog‘lar uchun joy ajratadi
Har bir hududda «Kasaba uyushmalari bog‘lari» tashkil etiladi
Har bir hududda «Kasaba uyushmalari bog‘lari» tashkil etiladi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Shavkat Mirziyoyev Kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvda «Kasaba uyushmalari bog‘lari»ni har bir hududda tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Hokimlarga bu bog‘lar uchun joy ajratish, kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda obodonlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, kasaba uyushmalari korxona va mahallalarda daraxt ekish, yashil hududlarni kengaytirish hamda tozalik va obodonlikni ta’minlashda faol bo‘lishi zarurligi aytildi.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari kasaba uyushmalarining 120 yillik yubileyi munosabati bilan barcha mehnatkashlarni samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik va faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Avvalroq O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda «Munosib mehnat» dasturini tayyorlayotgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, dastur 2030-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — fuqarolar uchun adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishdan iborat.

Shuningdek