Toshkentda g‘aroyib YTH: Chery krossoveri Malibuning ustiga chiqib ketdi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q
Chery krossoveri malibuning ustiga chiqib ketdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida noodatiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Chery 7 Tiggo Pro avtomobili qayrilib olish vaqtida nazoratni yo‘qotgan va beton to‘siqqa urilib qarama-qarshi yo‘lda turgan Malibuning ustiga chiqib qolgan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Holat 17 oktabr kuni soat 15:20 larda Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Chery rusumli transport vositasi Malibu-2 va 2 ta Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan. 

Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Marg‘ilonda Nexia-1 haydovchisi uch nafar bolani urib yuborgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek