DXX yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari kontrabandasiga chek qo‘ydi — video

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida «Toshkent – Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomobil to‘xtatildi. Tekshiruv vaqtida mashinada ketayotgan Qirg‘iziston fuqarosining yonidan 4,9 kg gashish moddasi topildi.
Keyinchalik o‘tkazilgan qo‘shimcha tadbir chog‘ida Buxoro tumanidagi dala hududidan yana 45 kg gashish moddasi aniqlanib, jami taxminan 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
Mazkur holat bo‘yicha DXX tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov natijalariga ko‘ra, giyohvandlik moddalari Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Buxoroga keltirilib, O‘zbekiston hududi orqali tranzit tarzda olib o‘tilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolingani haqida xabar bergan edi.