Yakshanba kuni O‘zbekistonda kuchli shamol va chang bo‘roni kutilmoqda

eʼlon qilindi
Shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi
Прогноз погоды в Узбекистане на 19 октября
Foto: Wolfgang Hasselmann / Unsplash

19-oktabr, yakshanba kuni mamlakatning cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Viloyatlarda havo harorati +18…+23 daraja atrofida bo‘ladi, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo +19…+21 darajagacha iliqlashadi, shamol 3–8 m/s atrofida.

Tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +12…+17 daraja, shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 18-oktabr kungi ob-havo haqida yozgan edi.

Shuningdek