20-oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

Bugun, 20-oktabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir, baland tog‘larda esa qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7, +9°C, kunduzi +21, +23°C atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0, +5°C, kunduzi +13,+18°C bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ochiq, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +6, +11°C, kunduzi +21, +26°C atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +6, +11°C, kunduzi +20, +25°C bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +6, +11°C, kunduzi +23, +28°C bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +6, +11°C, kunduzi +18, +23°C bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +3, +8°C, kunduzi +15, +20°C atrofida bo‘ladi.