Navoiyda 450 million so‘mga yaqin zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosi oldi olindi

Navoiy chegara bojxona postida qiymati 440 million so‘mdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, shaxsiy ko‘rik vaqtida yo‘lovchining tana a’zolariga oldindan yashirilgan va bojxona xodimlariga og‘zaki bildirilmagan 360 gramm tilla zargarlik buyumlari topilgan.
Yana bir holatda esa yo‘lovchining cho‘ntagida 819 gramm kumush buyumlar uchta o‘ramda yashirilgan holda aniqlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda bojxona organlari tomonidan qimmatbaho metall va tarixiy buyumlarni noqonuniy olib o‘tish holatlari tez-tez fosh etilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onada noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olingani haqida yozgandi.