OpenAI O‘zbekistonda ChatGPT’ning arzonroq versiyasini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Narxi $5
Foto: ChatGPT

OpenAI kompaniyasi O‘zbekistonda ChatGPT’ning yangi va arzonroq versiyasi ChatGPT Go xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Yangi ChatGPT Go obunasi oyiga atiga $5 etib belgilangan — bu hozirda mavjud ChatGPT Plus ($20) tarifiga nisbatan to‘rt barobar arzonroq.

OpenAI ma’lumotiga ko‘ra, ChatGPT Go versiyasi iqtisodiyoti rivojlanayotgan va o‘rta daromadli mamlakatlar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston bilan bir qatorda barcha Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek Senegal, Misr, Tunis kabi Afrika mamlakatlari ham kiritilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ChatGPT’da to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish funksiyasi ishga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek