O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Venesuela bilan durang qayd etdi

21-oktabr 2025 13:04 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
O‘zbekiston Venesuela bilan durang o‘ynadi
Foto: UFA

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi venesuelalik tengqurlariga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Janubiy amerikaliklar safida David Garsiya 29-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymning 86-daqiqasida Nurbek Sarsenbayev muvozanatni tikladi.

O‘zbekiston Venesuela bilan durang o‘ynadi
Foto: UFA

Islom Ismoilov shogirdlari 3 – 27-noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yig‘in doirasida Kot-D’Ivuar va Burkina-Faso U-17 terma jamoalariga qarshi bahslar rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan The Guardian O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanovni eng iqtidorli 60 nafar futbolchilar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek