Mariya Timofeyeva O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqaga chiqadi

21-oktabr 2025 11:11 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Foto: Raquete

21 yoshli rossiyalik tennischi Mariya Timofeyeva endilikda WTA (Ayollar tennis assotsiatsiyasi) tasarrufidagi musobaqalarda O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Bu haqda WTA saytida uning profili yangilangani orqali ma’lum bo‘ldi. Endi sportchining ism yonida O‘zbekiston bayrog‘i aks etmoqda.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi rais o‘rinbosari Iroda Tulaganova bu ma’lumotni tasdiqladi:

«Ha, Mariya Timofeyeva rasman fuqaroligini o‘zgartirdi va endi O‘zbekiston nomidan chiqadi. Uning oilasi – onasi va otasi ham – allaqachon yarim yildan beri Toshkentda yashaydi», — dedi Tulaganova.

Timofeyeva Moskva shahrida tug‘ilgan. 2025-yil oktabrigacha u Rossiya nomidan chiqish qilgan va yosh istiqbolli tennischilar orasida sanalgan.

Uning joriy WTA reytingi – 264-o‘rin, eng yuqori ko‘rsatkichi esa 93-o‘rin (2024-yil 1-aprel holatiga) bo‘lgan.

Mariya o‘zining birinchi WTA turnir g‘alabasini 2023-yilda Budapeshtda qo‘lga kiritgan, u o‘shanda lucky-loser maqomida ishtirok etgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Marokash yoshlari Jahon chempioniga aylangani haqida yozgandi.

Shuningdek