Hokimlarga yil yakunigacha o‘z hududlarida «Aqlli shahar» tizimini joriy etish topshirildi

eʼlon qilindi
Bungacha bu tizim faqat Urganch shahrida ishga tushirilgan
Hokimlarga yil yakunigacha o‘z hududlarida «Aqlli shahar» tizimini joriy etish topshirildi
Hokimlarga yil yakunigacha o‘z hududlarida «Aqlli shahar» tizimini joriy etish topshirildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Hokimlarga yil yakunigacha o‘z hududlarida «Aqlli shahar» tizimini joriy etish topshirildi. Bu haqda davlat rahbari sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga oid videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Yig‘ilishda hududlarda sun’iy intellektni joriy etish borasida yaxshi misollar keltirildi. Xususan, Urganch shahrida «Aqlli shahar» tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, u elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, transport, obodonlashtirish va chiqindi korxonalarini yagona tizimga birlashtirgan.

Tizim sun’iy intellekt asosida fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilib, tezkor yechim taklif etadi. Natijada yiliga 16 milliard so‘m mablag‘ tejalmoqda.

Shu bois prezident viloyat markazlari va poytaxt tumanlari hokimlariga Urganch tajribasini o‘rganib, uni o‘z hududlarida joriy etishni topshirdi.

Avvalroq O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik darajasi bo‘yicha xalqaro reytingda 17 pog‘ona yuqorilagani haqida xabar berilgandi. 2030-yilgacha sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini $1,5 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan edi, biroq xorijiy ekspertlar O‘zbekiston salohiyatini $10 mlrd atrofida baholamoqda.

Shuningdek