Uzbekistan Airways Andijondan Istanbulga aviachiptalar narxini pasaytirdi

Uzbekistan Airways Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishidagi aviaqatnovlarga aksiya e’lon qildi. Aviakompaniya to‘rt kishidan to‘qqiz kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun maxsus tarif taklif qiladi.
Aksiya bo‘yicha chiptalarni 21-oktabrdan 28-oktabrgacha, sayohat qilishni esa 27-oktabrdan 27-noyabrgacha xarid qilish mumkin. Bir tomonga parvoz narxi 1 815 000 so‘mdan, borish va qaytish esa 3 389 000 so‘mdan boshlanadi.
Chiptalar booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning rasmiy agentlarida mavjud.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijon – Istanbul yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi.
Uzbekistan Airways joriy yil 27-oktabrdan boshlab Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni boshlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.
Parvozlar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalar narxi:
- Bir tomonga — 2,7 mln so‘mdan;
- Ikki tomonga — 5 mln so‘mdan.
Shu bilan birga, aviakompaniya yangi reys yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan to‘rt kishidan to‘qqiz kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun maxsus A4PAX tarifini taklif qilmoqda. Chiptalarni 10 – 17-oktabr kunlari xarid qilish mumkin, parvozlar esa 27-oktabrdan 27-noyabrgacha davom etadi.
Mazkur aksiya faqat Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishiga amal qiladi. Bunda bir tomonga parvozlar 1,8 mln so‘mdan, ikki tomonga esa 3,3 mln so‘mdan boshlanadi.