22-oktabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekiston hududida 22-oktabr kuni havo biroz bulutli va asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan esadi, harorat esa ko‘pchilik hududlarda iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgaruvchan, ammo yog‘in bo‘lmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi +10…+12°, kunduzi esa +25…+27° atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda asosan biroz bulutli ob-havo saqlanadi. Faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8°, kunduzi +20…+25° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo ochiq, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +8…+13°, kunduzi +25…+30° gacha ko‘tariladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ob-havo iliq, sharqiy shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8…+13°, kunduzi +23…+28° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli, ammo yog‘in kutilmaydi. Harorat kechasi +9…+14°, kunduzi +25…+30° darajagacha yetadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (Andijon, Namangan, Farg‘ona) ham havo ochiq bo‘lib, sharqiy shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+12°, kunduzi +23…+28° atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +5…+10°, kunduzi +18…+23° gacha bo‘ladi.