Fransiyada parranda grippi sababli eng yuqori ogohlantirish darajasi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Endilikda barcha xo‘jaliklar parrandalarni yopiq joylarda saqlashi shart bo‘ladi
Foto: Copyright Erin Hooley/AP

Fransiyada parranda grippi avj olgani sababli mamlakat bo‘ylab barcha parranda fermalarida yuqori ogohlantirish darajasi joriy etildi.

Endilikda barcha xo‘jaliklar parrandalarni yopiq joylarda saqlashi shart bo‘ladi, deb xabar berdi Fransiya qishloq xo‘jaligi vazirligi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bu chora virusning keng tarqalishini to‘xtatish va nazoratni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda yuqori patogenli parranda grippi butun dunyoda yovvoyi qushlar va parrandalar orasida tez tarqalib, norka va mushuklar kabi sutemizuvchilarga ham yuqmoqda.

Mutaxassislar virus odamdan odamga o‘tish holatiga mutatsiyalanishidan xavotir bildirmoqda, biroq hozircha bunday holat qayd etilmagan. Yevropa kasalliklar profilaktikasi markazi esa hozircha odamlar uchun xavf darajasi past ekanini ma’lum qildi.

Virus tarqalishini jilovlash uchun so‘nggi yillarda Yevropada millionlab parranda yo‘q qilinmoqda. Faqat o‘tgan hafta Niderlandiyada 71 ming qush zararlangan fermada yo‘q qilindi, Ispaniyada esa bir necha kun ichida uchta ehtimoliy o‘choq aniqlanib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Fransiyada ogohlantirish darajasi ikki yil avval boshlangan emlash dasturi ortidan e’lon qilindi. Hukumat bu orqali parranda sanoati og‘ir zarbadan so‘ng tiklana boshlaganini, ammo yangi to‘lqin xavfi jiddiy tahdid ekanini bildirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi tartib joriy etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek