AQSh Rossiyaning yirik neft kompaniyalariga yangi sanksiyalar joriy qildi

eʼlon qilindi
Bu qaror Kremlga bosimni kuchaytirish sifatida baholanmoqda
AQSh Rossiyaning yirik neft kompaniyalariga yangi sanksiyalar joriy qildi
Foto: msn.com

AQSh prezidenti Donald Tramp 21-oktabr kuni Rossiyaning eng yirik ikki neft kompaniyasi – «Rosneft» va «Lukoyl»ga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar Moskvaning Ukraina bilan tinchlik muzokaralariga rozi bo‘lishiga turtki bo‘lishi kerak. Sanksiyalar e’lonidan bir kun avval Tramp Putin bilan Budapeshtda rejalashtirilgan uchrashuvni noma’lum muddatga qoldirgan edi. AQSh moliya vaziri Skot Bennon bu qarorni Putinning urushni to‘xtatishdan bosh tortgani bilan izohladi.

«Biz uzoq kutdik. Endi vaqt keldi», – dedi Tramp Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda.

U yangi sanksiyalarni keng qamrovli deb atadi va agar Rossiya jangovar harakatlarni to‘xtatsa, ularni bekor qilishni bildirdi. Buyuk Britaniya ham shu haftada «Rosneft» va «Lukoyl»ga sanksiyalar joriy qilgan edi.

«Jahon bozorida Rossiya nefti uchun joy yo‘q», – dedi Britaniya moliya vaziri Reychel Rivz.

Rossiya elchixonasi bu choralarni global yonilg‘i ta’minotida uzilishlar va narxlarning oshishiga olib keladi deb baholadi. Shuningdek, sanksiyalar rivojlanayotgan davlatlarning energetika xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aytildi. Tramp Xitoy, Hindiston va Turkiyani ham Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu mamlakatlar hozirda Moskvaning eng yirik xaridorlari hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Tramp va Vladimir Putin Budapeshtda uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek