Xitoyda iQOO 15 smartfoni savdosi rekord darajada oshdi

23-oktabr 2025 11:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
smartfon
Foto: iQOO

Xitoyda taqdim etilgan yangi iQOO 15 smartfoni qisqa vaqt ichida katta talabga ega bo‘ldi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori o‘rnatilgan eng arzon flagmanlardan biri sifatida tanilgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, iQOO 15’ning birinchi kunlik savdosi oldingi model – iQOO 13’ga nisbatan 280 foizga ko‘p bo‘lgan. Faqatgina do‘konlardagi (offlayn) savdolar hisobga olingan.

Foto: IQOO

Avvalroq iQOO 15 sotuvi boshlanganining dastlabki 4 soatida 142 ming dona qurilma sotilgani xabar qilingan edi. Bu kompaniya tarixidagi eng yuqori natija. Shuningdek, birinchi 30 daqiqada iQOO 13’ning bir sutkalik savdosi natijasi yangilandi.

iQOO 15’ning asosiy texnik xususiyatlari quyidagicha: Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 2K 144 Hz Samsung displey, 7000 mA/soatli batareya (100 Vt tezkor quvvatlash bilan) va uchli 50 MP kamera tizimi. Smartfonning boshlang‘ich narxi $590, milliy subsidiya hisobga olinsa – $520 atrofida.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan iQOO 15 smartfoni haqida yozgan edi.

Shuningdek