Norin tumanida 3 mingdan ortiq aksiz markasiz tamaki mahsuloti musodara qilindi

eʼlon qilindi
Savdo do‘konida qonun talablarini buzgan holda tamaki mahsulotlarini sotib kelingan
tamaki
Foto: Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro «J.I.» MCHJ savdo do‘konida qonun talablarini buzgan holda tamaki mahsulotlarini sotib kelgan. Tekshiruv jarayonida do‘kondan umumiy qiymati 60,2 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 3 302 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi – «Etanol, alkogol mahsulotlari yoki tamaki mahsulotlarini qonunga xilof muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Navoiyda 450 million so‘mga yaqin zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosi oldi olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek