Shvetsiyada 1,5 ming aholiga ega qishloq jamoasi mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi

23-oktabr 2025 16:58 eʼlon qilindi

(23-oktabr 2025 23:10 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Xellevik qishlog‘ining jamoasi cheklangan byudjet bilan Shvetsiya futbolining yuqori cho‘qqisini egalladi.
Foto: CNN

Shvetsiyaning 1,5 ming aholiga ega Xallevik qishlog‘ida joylashgan «Myellybyu» futbol klubi mamlakat oliy divizionida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Jamoa 27-turda safarda «Gyoteborg»ni 2:0 hisobida magʻlub etib, ochkolari sonini 66 taga yetkazdi. Natijada klub ikkinchi oʻrindagi «Hammarbyu»dan 11 ochko oldinga chiqib, uch tur oldin chempionlikni kafolatladi. Jamoa mavsum davomida atigi bitta magʻlubiyatga uchradi.

Muxlislar bu yutuqni «Xallevik moʻjizasi» deb atamoqda. Chunki «Myellybyu» Shvetsiyadagi eng kam budjetli jamoalardan biri. Uning moliyaviy imkoniyatlari «Malmyo» klubining atigi 15 foizini tashkil etadi. Shunga qaramay ular moliyaviy imkoniyatlari katta raqiblarini ortda qoldirib, chempionlikka erishdi.

Klubni 59 yoshli murabbiy Anders Torstensson boshqaradi. U 2023-yilda surunkali qon kasalligiga chalinganiga qaramay jamoani tarixiy natijaga olib chiqdi.

«Bu holatni soʻz bilan ifodalash qiyin. Biz bosimni yengib, shubhalarga nuqta qoʻydik. Bu haqiqiy jamoaviy gʻalaba», – dedi Torstensson.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChLda tur o‘yinlari yakunlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek