AQSh davlat qarzi ilk bor $38 trlndan oshdi

AQShning davlat qarzi tarixda ilk bor $38 trln darajadan oshdi. Bu haqda Amerika Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil davomida AQShning davlat qarzi qariyb $2,18 trlnga oshgan. Qarz hajmi o‘tgan yil avgustida $37 trln.dan oshgan edi. Kongressning Qo‘shma iqtisodiy qo‘mitasi hisob-kitoblariga ko‘ra, davlat qarzi 2026-yil fevraligacha yana $1 trln.ga ko‘payadi deb kutilgan, ammo bu jarayon rejalashtirilganidan ancha erta yuz berdi.
Tahlilchilarning fikricha, qarzning bunday tez o‘sishi federal hukumat faoliyatining vaqtinchalik to‘xtab qolishi bilan bog‘liq. Associated Press yozishicha, bu pandemiyadan keyingi eng tez o‘sish sur’ati sifatida qayd etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh sanksiyalaridan so‘ng neft narxi 4 foizdan ko‘proq oshgani haqida xabar bergan edi.