Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodagi qaysi banklarga sanksiya joriy qildi

eʼlon qilindi
Yangi sanksiyalar ro‘yxatiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi jami beshta bank kiritildi
Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodagi qaysi banklarga sanksiya joriy qildi
Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodagi qaysi banklarga sanksiya joriy qildi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Yevropa Ittifoqi e’lon qilgan yangi sanksiyalar ro‘yxatiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi jami beshta bank kiritildi.

Yevroittifoqning 19-sanksiyalar paketi quyidagi moliya tashkilotlarini o‘z ichiga oladi:

  • Tojikistonda: Spitamen bank va Tojikiston Kommertsbanki;
  • Qirg‘izistonda: Tolubay bank va Yevroosiyo jamg‘arma banki;
  • Qozog‘istonda: VTB bankining mahalliy filiali.

Mazkur banklarga nisbatan sanksiyalar 2025-yil 12-noyabrda kuchga kiradi. Ular Yevropa Ittifoqi hududida aktivlarni muzlatish va moliyaviy operatsiyalarni taqiqlashni nazarda tutadi.

Sentabr oyida Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda regulyator raisi Timur Ishmetov sanksiyaga tushgan banklarga oid savollarga javob bergandi.

Uning ta’kidlashicha, Markaziy bank bu masalaga jiddiy yondashadi va hozircha xavotirli vaziyat yo‘q. Agar sanksiyaga tushgan tashkilotlar bo‘lsa, avval ular bilan hisob-kitoblar yoki shartnomalar bor-yo‘qligi tekshirilib, so‘ng barcha amaliyotlar to‘xtatiladi.

Shuningdek