O‘zbekistonda yo‘ldosh aloqa operatorlariga 5 yillik soliq imtiyozlari beriladi

eʼlon qilindi
Yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiladi
aloqa
Foto: Svyaz.expro.ru

2026-yil 1-yanvardan boshlab 5 yil davomida o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyalari orqali tashkil etuvchi operatorlar bir qator soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi. Bu haqda prezident qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, imtiyozlar quyidagicha:

  • Yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiladi;
  • Markaziy yer stansiyalari, terminallar va boshqa aloqa infratuzilmasi joylashgan obyektlar hamda ularning yer maydonlari mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi;
  • Operatorlar yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Ushbu imtiyozlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgach kuchga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan elektrotexnika korxonalariga aylanma mablag‘ kreditlari bo‘yicha imtiyoz berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek