Namanganda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namanganda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi / Foto: DXX

Namanganda chet elga ishga yuborishni va’da qilib, firibgarlikda ayblangan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahardagi xususiy bandlik agentligining norasmiy xodimi To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi to‘rt nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga har biridan $2 ming talab qilgan. Gumonlanuvchi oldindan $1 ming olgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ikkinchi holatda esa Namangandagi turistik firma rahbari tanishlari orqali hamshaharini Slovakiyaga ishga yuborishni va’da qilib, 40 mln so‘m talab qilgan. U viza olish jarayonini uyushtirish bahonasida oldindan $600 va 2,8 mln so‘m olgan vaqtda ushlangan.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 5 mlrd so‘mdan ortiq valyutani Tojikistonga olib chiqish urinishiga chek qo‘yilgan edi.

Shuningdek