Toshkentda topilgan chiyabo‘ri hayvonot bog‘iga topshirildi

eʼlon qilindi
Bu bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzildi
Toshkentda topilgan chiyabo‘ri hayvonot bog‘iga topshirildi / Foto: Ekologiya vazirligi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani Darxon mahallasida topilgan yovvoyi chiyabo‘ri hayvonot bog‘iga topshirildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan so‘ng Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, shuningdek, boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Chiyabo‘ri 25-oktabr kuni kechqurun tutilgan. Hozirda u Toshkent hayvonot bog‘ida vaqtincha karantin sharoitida saqlanmoqda. Hayvon sog‘lig‘i tekshiruvdan o‘tkazilgach, uni tabiiy yashash joyiga qaytarish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Vazirlik aholiga yovvoyi hayvonlarni mustaqil ravishda ushlashga urinmaslikni, bunday holatlarda darhol mutasaddi idoralarga murojaat etishni tavsiya qildi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi hayvonot bog‘larida qancha hayvon saqlanayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek