O‘zbekistonda qaysi sohalarda oylik yuqori

eʼlon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi
O‘zbekistonda super-kontrakt bekor qilinmadi, balki tartibi o‘zgardi — vazirlik
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,2 mln so‘mni tashkil etdi. Foto: Ijtimoiy tarmoq

2025-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,2 mln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,2 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi – 10,3 million so‘m. Keyingi o‘rinlarda Navoiy viloyati (7,6 mln so‘m) va Toshkent viloyati (5,8 mln so‘m) turadi. Eng past o‘rtacha ish haqi esa Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatida – 4,3 million so‘m.

Soha bo‘yicha tahlilga ko‘ra, eng yuqori oylik bank va sug‘urta sohasida kuzatildi – 16,82 million so‘m. Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha ish haqi 15 million so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, eng kam o‘rtacha ish haqi ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida kuzatilgan, mos ravishda 4,2 mln va 3,8 mln so‘m.

Umuman olganda, o‘rtacha oylik daromadlarning yillar kesimida oshishi davom etmoqda, biroq hududlar va sohalar kesimida sezilarli farqlar saqlanib qolmoqda.

Avvalroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda yangicha yondashuv bo‘lishi xabar qilingandi. Davlat rahbari ta’kidlashicha, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori har yili oshirilmoqda, ammo bu jarayon ko‘pincha faqat davlat idoralari hisob-kitobi asosida amalga oshirilmoqda.

Shu bois kelgusi yildan boshlab bu jarayonga Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlik vazirligi va Ish beruvchilar konfederatsiyasi ham jalb etiladi. Bu xodimlarning manfaatini yanada samarali himoya qilish imkonini beradi.

Shuningdek