Yirik korxonalar tomonidan kredit va tashqi qarz olish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Endi korxonalar moliyaviy holatiga qarab «past xatarli», «o‘rta xatarli» va «yuqori xatarli» toifalarga bo‘linadi
dollar
Yirik korxonalar tomonidan kredit va tashqi qarz olish tartibi belgilandi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, bunday korxonalar moliyaviy holatiga qarab «past xatarli», «o‘rta xatarli» va «yuqori xatarli» toifalarga bo‘linadi.

  • Past xavfli korxonalar yangi qarz olishda hech qanday cheklovsiz harakat qiladi;
  • o‘rta xavfli korxonalar yangi qarz miqdori mavjud qarzlarining 5 foizidan yoki $20 milliondan oshmasa, Komissiyani xabardor qilib qarz oladi;
  • yuqori xavfli korxonalar esa yangi qarz miqdori mavjud qarzlarining 1 foizidan yoki $5 milliondan oshmasa, Komissiyani xabardor qiladi.

Agar yirik qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashsa, Muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Bunga mavjud qarzlarni qayta ko‘rib chiqish yoki qulayroq shartlarda yangi qarz olish kiradi.

Korxonalar Komissiyaning qarz olishni rad etish haqidagi qaroridan norozi bo‘lsa, sudga murojaat qilishi mumkin.

Avvalroq 2025-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi $72,2 milliardga yetgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, $36,8 milliard davlat tashqi qarzi, $35,4 milliard korporativ tashqi qarz. Korporativ tashqi qarz tarkibida xususiy sektor, jumladan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat kafolatisiz jalb qilingan mablagʻlar ham mavjud.

Shuningdek