O‘zbekiston iqtisodiyoti 9 oyda 7,6 foizga o‘sdi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 6,6 foizni tashil etgan edi
Yashirin iqtisodiyot yuqori sohalarda raqamli texnologiyalar joriy etiladi
Foto: The World Economic

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida 7,6 foizga o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagi 6,6 foizlik natijadan yuqori bo‘lib, o‘sish asosan iste’mol bozori faolligi va qurilish sohasining kengayishi hisobiga ta’minlandi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishga ichki talabning ortishi, ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi hamda investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi davlat siyosati turtki bergan.

Sanoat sektori 6,8 foizga o‘sib, YIMga 1,7 foiz hissa qo‘shdi. Qayta ishlash tarmoqlari umumiy sanoat ishlab chiqarishining 85,5 foizini tashkil etdi. Tog‘-kon sohasi esa atigi 4 foizga o‘sdi, elektr va gaz ta’minoti 6,6 foizga kengaydi.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida 4,1 foizlik o‘sish qayd etildi. Paxta yetishtirish hajmi 20,9 foizga, don mahsulotlari esa 11,2 foizga oshdi.

Eng yuqori sur’at qurilish sohasida kuzatildi – o‘sish 14,2 foizni tashkil etdi (o‘tgan yili 9,1 foiz edi). Qurilishning YIMdagi hissasi 1 foiz punktga teng bo‘ldi. Ishlarning yarmidan ko‘pi – 51 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning asosiy drayveri bo‘lib qolmoqda. Hisobot davrida xizmatlar 14 foizga oshdi. Savdo, mehmonxona va ovqatlanish sohalarida 10,6 foiz, transport va aloqa yo‘nalishlarida esa 14,6 foizlik o‘sish qayd etildi. Chakana savdo aylanmasi 11 foizga kengaydi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sish bosqichida. Bu jarayonda diversifikatsiya, investitsiyalar hajmining ortishi va mehnat unumdorligining oshishi asosiy omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iqtisodiyot joriy yilda 7 foizga o‘sishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek