Toshkent aeroportida yangilangan uchib kelish zali ishga tushdi

eʼlon qilindi
Ochiq terassa ham
Toshkent aeroportida yangilangan uchib kelish zali ishga tushdi / Foto: Uzbekistan Airports

Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari yakunlanib, yangilangan uchib kelish zali, ochiq terassa va VIP zal foydalanishga topshirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Zal fasadi 2200 kvadrat metrga kengaytirilib, kutib oluvchilar uchun hudud 5000 kvadrat metrga yetdi. Bu yerda qahvaxona, ichimliklar barlari, muzqaymoq va gul do‘konlari ochiladi.

Avtomobillar uchun ikki yo‘lakli tizim joriy etildi: biri sayyohlik avtobuslari va rasmiy taksilar, ikkinchisi shaxsiy mashinalar va taksi agregatorlari uchun. To‘xtash vaqti 10 daqiqa bilan cheklangan, nazorat kameralar orqali amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airports

P2 va P3 avtoturargohlari birlashtirilib, joylar soni 347 taga yetkazildi. Kutib oluvchilarga uzoq kutish uchun avtoturargohdan foydalanish tavsiya etiladi.

2200 kvadrat metrlik terassa shahar manzarasini tomosha qilish va dam olish uchun mo‘ljallangan. VIP zal 300 kvadrat metrga kengaytirilib, o‘rindiqlar soni oshirildi.

Loyihaning yakuniy bosqichida uchib kelish va jo‘nash zallari yagona terminal majmuasiga birlashtirilib, soatiga 2400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi xalqaro aeroport 2029-yilda foydalanishga topshirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek