AQSh sanksiyalari tufayli «Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotmoqda

eʼlon qilindi
Kompaniya allaqachon potensial xaridorlardan takliflarni qabul qilmoqda
Foto: yandex.uz

Rossiyaning yirik neft kompaniyasi «Lukoyl» AQSh Moliya vazirligining sanksiyalari fonida o‘zining xorijdagi aktivlarini sotish jarayonini boshladi. Kompaniya allaqachon potensial xaridorlardan takliflarni qabul qilmoqda.

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, aktivlar sotilishi AQSh Moliya vazirligi huzuridagi Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan berilgan litsenziya doirasida amalga oshirilmoqda. Zarurat tug‘ilganda kompaniya litsenziyani uzaytirish uchun qayta murojaat qilishni rejalashtirgan.

OFAC «Lukoyl» va «Rosneft» kompaniyalariga xorijdagi obyektlarda tovar va xizmatlar xarid qilishni 22-noyabrgacha davom ettirishga ruxsat bergan. Sanksiyalar ushbu kompaniyalar tarkibidagi 50 foizdan ortiq ulushga ega shuba korxonalarga ham tatbiq etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy sanksiyalar tufayli Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek