Honda Passport TrailSport HRC avtomobili qanday xususiyatlarga ega

29-oktabr 2025 10:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honda
Foto: Honda

Las-Vegasda o‘tayotgan SEMA Show 2025 ko‘rgazmasida Honda Racing Corporation (HRC) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Honda Passport TrailSport HRC avtomobili taqdim etildi.

Konsept mashinaga 60 millimetrli balandlashtirilgan osma (lift suspension), alyuminiy tag himoyasi, 3,6 tonna tortuvchi tizim va off-road shinalar o‘rnatilgan. Old va orqa bamperlar yangidan ishlanib, kirish va chiqish burchaklari yaxshilangan.

Shuningdek, yangi amortizatorlar, maxsus chiqindi tizimi, yon qadamlar (podnozhkalar) hamda havo kompressori ham qo‘shilgan.

Foto: Honda

Eksteryer dizayni ham o‘ziga xos. Kuzov Thermal Orange rangida bo‘lib, qora tom va HRC grafikalari bilan bezatilgan. Orqa qismida to‘liq o‘lchamli zapaska uchun kronshteyn, tomda esa pastprofil yuk bagaji va soyabon joylashtirilgan. Mashinaga o‘rnatilgan kuchli yoritish tizimi esa tungi yo‘llarda maksimal ko‘rish imkonini beradi.

Salon ikki rangli dizaynga ega: ko‘k alkantara bilan qoplangan o‘rindiqlar, kontrast tikuvlar va bezak elementlari HRC uslubini yanada kuchaytiradi. Shuningdek, avtomobil Garmin navigatsiya tizimi bilan jihozlangan.

Foto: Honda

Texnik jihatdan konseptda o‘zgarishlar kiritilmagan: 289 ot kuchiga ega V6 dvigatel va 10 pog‘onali avtomatik uzatma ishlatilgan. To‘liq g‘ildirakdan tortuvchi tizim esa yo‘lsiz hududlarda ham yuqori natija beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 15 yil davomida xizmat qiladigan TOP – 5 avtomobil haqida yozgan edi.

Shuningdek