Toshkentda ta’lim, sport va obodonlashtirish ishlariga 87 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

eʼlon qilindi
Poytaxt xalq deputatlari Kengashi 2025-yilgi shahar budjeti parametrlari bo‘yicha o‘zgartishlarni ma’qulladi
O‘zbekistonda super-kontrakt bekor qilinmadi, balki tartibi o‘zgardi — vazirlik
Toshkentda ta’lim, sport va obodonlashtirish ishlariga 87 mlrd so‘m yo‘naltiriladi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Poytaxt xalq deputatlari Kengashi 2025-yilgi shahar budjeti parametrlari bo‘yicha o‘zgartishlarni ma’qulladi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha manbalardan tushgan mablag‘lar ta’lim, sport, ijtimoiy yordam va obodonlashtirish sohalariga yo‘naltiriladigan bo‘ldi.

Hujjatga ko‘ra, mablag‘larning bir qismi ta’lim tizimiga ajratiladi. Bolalar bog‘chalari, maktablar va kollejlarni ta’mirlash hamda jihozlash, inventar va uskunalarni yangilash ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, tibbiyot transporti va texnikasini xarid qilish, shifoxona va poliklinikalardagi sharoitlarni yaxshilash uchun ham mablag‘ ajratiladi.

Bundan tashqari, obodonlashtirish va qulay shahar muhitini yaratish bo‘yicha loyihalar ham qo‘shimcha moliyalashtiriladi – jamoat joylarini yangilash, ko‘kalamzorlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari olib boriladi. Ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat hokimiyatning tegishli boshqarmalari va moliya departamentiga topshirildi.

Avvalroq davlat rahbari budjetdan tashqari jamg‘armalardagi mablag‘larning yarmi maktablar qurilishi va tibbiyot sohasiga yo‘naltirilishi kerakligini ta’kidlagandi. Shuningdek, OTB Oʻzbekistonda STEM ta’limini rivojlantirish uchun $100 mln ajratishi xabar qilingandi. Loyiha Oʻzbekiston yoshlarini zamonaviy innovatsion koʻnikmalar bilan ta’minlashga, mamlakatni 2030-yilga borib daromadi oʻrtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiritishga qaratilgan.

Shuningdek