Yangi BYD Racco elektromobilining saloni rasman ko‘rsatildi — foto

30-oktabr 2025 11:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Racco
Yangi BYD Racco ichki qismi / Foto: Weibo

BYD kompaniyasi o‘zining yangi BYD Racco elektromobilinining ichki qismini oshkor qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. K-Car turiga mansub bu ixcham elektromobil faqat Yaponiyaga mo‘ljallangan bo‘lib, 2026-yil yozida sotuvga chiqadi.

Mashina o‘ng tomondan boshqariladigan bo‘lib, Yapon bozoriga moslashtirilgan. Old panelda ikkita suzuvchi ekran joylashgan. Biri asboblar paneli, ikkinchisi markaziy multimedia tizimi uchun. Havo panjarlari yumaloq va cho‘zilgan shaklda, panelga uyg‘un tarzda joylashtirilgan.

Foo: Weibo

O‘rindiqlar charm bilan qoplangan. Ular bir-biriga hamohang tarzda ishlab chiqilgan. Bu yechim tor ko‘chalarda mashinaga kirish-chiqishni osonlashtiradi. Shuningdek, Racco kichik o‘lchamlariga qaramay (uzunligi 3395 mm, eni 1475 mm, balandligi 1800 mm), ichkarida keng vertikal joy taklif etadi.

Foto: Weibo

Texnik jihatdan, BYD Racco old g‘ildirakdan tortuvchi tizimga ega bo‘lib, 20 kVt·soatlik LFP batareya bilan jihozlangan. Mashina bir zaryadda 180 km masofani bosib o‘tadi va 100 kVt quvvatli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Racco‘ning taxminiy narxi 2,6 mln iyena (taxminan $17 ming) bo‘ladi. U Yaponiyaning eng ko‘p sotiladigan elektr K-Car modeli – Nissan Sakura bilan raqobatlashadi.

Foto: Weibo

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Racco elektromobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

BYD Racco‘da old g‘ildirakli elektr motor va 20 kVt/soat sig‘imli Blade (LFP) batareya o‘rnatilgan. Avtomobil WLTC standarti bo‘yicha 180 km masofani bosib o‘tadi. Shuningdek, u 100 kVt tezkor zaryadlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Modelning to‘liq texnik tafsilotlari hali oshkor etilmagan.

Shuningdek