Tramp Xitoyga tariflarni 47 foizgacha kamaytirdi

eʼlon qilindi
Avvalgi boj tarifi 57 foiz etib belgilangan edi
Tramp Xitoyga tariflarni 47 foizgacha kamaytirdi / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaning Busan shahrida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvdan so‘ng, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga boj stavkalarini 57% dan 47% gacha kamaytirishini e’lon qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror evaziga Pekin AQSh soya mahsulotlarini xarid qilishni tiklaydi, nodir yer metallarining eksportini davom ettiradi va fentanilning noqonuniy savdosiga qarshi kurashni kuchaytiradi.

Foto: Reuters

Uchrashuv APEC sammiti doirasida o‘tkazilib, qariyb ikki soat davom etdi. Tramp uni «ajoyib uchrashuv» deb atadi. Uchrashuv ortidan jahon fond bozorlari tebranishlarga uchradi – Shanxay indeksi pasaydi, AQShda esa soya fyucherslari arzonlashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Janubiy Koreya $350 milliardlik savdo kelishuvini imzolagan edi.

Shuningdek