Samarqanddagi YUNESKOning 43-sessiyasida 190 davlat vakillari ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Jumladan, 70 ga yaqin yuqori darajali shaxslar qatnashadi
Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasi: 190 davlatdan 2800 dan ortiq vakil ishtirok etadi
Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasi: 190 davlatdan 2800 dan ortiq vakillar ishtirok etadi. Foto: prezident matbuot xizmati

Bugun Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, unda 190 ta a’zo davlat va xalqaro tashkilotlardan 2800 dan ortiq vakillar, jumladan, 70 ga yaqin yuqori darajali shaxslar qatnashadi.

Tadbir so‘nggi 40 yil ichida ilk bor Parijdagi bosh qarorgohdan tashqarida va birinchi marta Markaziy Osiyoda o‘tkazilmoqda. Sessiya YUNESKO tashkil etilganining 80 yilligi bilan birga o‘tadi. Tantanali ochilish marosimida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Sessiya doirasida 150 dan ortiq turli tadbirlar, shuningdek, O‘zbekiston tashabbusi bilan 20 dan ziyod qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etiladi. Ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Shuningdek, davlat rahbari Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini va YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Tadbirni 500 dan ortiq mahalliy va xorijiy jurnalistlar yoritadi.

Avvalroq Samarqandga kirish yo‘llari tadbir sababli yopilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 2025-yil 30-oktabrdan 14-noyabrgacha Samarqand viloyati orqali tranzit tarzda o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Shu kunlarda shahar markaziga kirish cheklovlari joriy qilinadi.

Shuningdek