Prezident maslahatchilari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

eʼlon qilindi
Ravshan G‘ulyamov prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining tegishli farmonlariga muvofiq bir qator kadrlar tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ravshan G‘ulyamov prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Obid Xakimov prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Aziz Magrupov prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ilgari prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi ochilishida ishtirok etishi haqida yozgan edi.

Shuningdek