AQSh Janubiy Koreyaga yadro suv osti kemasi qurishga ruxsat berdi

eʼlon qilindi
Kema Filadelfiyadagi kemasozlik zavodida quriladi
AQSh Janubiy Koreyaga yadro suv osti kemasi qurishga ruxsat berdi / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaga yadro energiyasi bilan harakatlanuvchi suv osti kemasi qurishga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, kema Filadelfiyadagi kemasozlik zavodida quriladi. Bu yerda koreyalik kompaniyalar sarmoyasini oshirgan. U, shuningdek, Janubiy Koreya AQShdan katta hajmda neft va gaz sotib olishga rozi bo‘lganini bildirdi.

Biroq Seulning sanoat vazirligi loyihaga oid batafsil muzokaralar hali o‘tkazilmaganini ma’lum qildi. Mutaxassislarning fikricha, bunday suv osti kemalari yuqori darajadagi yadro texnologiyalarini talab qiladi va bu xalqaro xavfsizlik nazoratini murakkablashtirishi mumkin.

Tramp va Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong o‘rtasidagi uchrashuvda shuningdek, yadroviy yoqilg‘ini qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik masalasi ham muhokama qilindi. Ayrim ekspertlar buni AQSh – Janubiy Koreya ittifoqining iqtisodiy va harbiy jihatdan «tijoratlashuvi» deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Janubiy Koreya $350 milliardlik savdo kelishuvini imzolagan edi.

Shuningdek