Qaynonasining go‘shtidan manti qilgan kelin 12 yilga qamaldi
eʼlon qilindi
U qaynonasi va erini o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan

Angren shahrida shafqatsiz jinoyat sodir etgan ayol uchun sud hukmi o‘qildi. U qaynonasi va erini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 12 yil 3 oy ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Milliy TV kanalida xabar berildi.
Sud materiallariga ko‘ra, ayol avval qaynonasini o‘ldirib, uning go‘shtidan manti tayyorlagan, keyin esa o‘z turmush o‘rtog‘ini ham hayotdan mahrum qilgan. Hodisa keng jamoatchilikning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samarqandda gaz portlashi ishi bo‘yicha to‘rt nafar xodim 7 yilga qamalgani haqida yozgan edi.